Saygachiy majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonasi
Introducing
Ustyurt (platosining) tekisligining noyob biologik xilma-xilligini ishonchli muhofaza qilish maqsadida Saygachiy majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi tashkil qilingan bo‘lib umumiy yer maydoni 628 300 ga, shundan qo‘riqlanma zona hududi 219 800 ga.
Joylashgan o‘rni. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlaridagi Ustyurt tekisliklarida joylashgan.
Asosiy ish faoliyati. O‘z hududidagi barcha tabiiy obyektlar va majmualarni asl tabiiy holatda saqlash, tabiiy atrof muhitni ilmiy tadqiq etish va monitoring olib borish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish, biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida ekologik muvozanatni saqlab turishdan iborat.
Tabiiy sharoiti. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasining yer maydonlari asosan qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lgan Ustyurt tekisliklarida joylashgan bo‘lib, doimiy oqar suvlar mavjud emas va yog‘ingarchilik miqdori kam. Havo harorati qish mavsumida manfiy 25-30 darajagacha pasayishi va yoz faslida musbat 40-45 darajagacha ko‘tarilishi qayd etiladi. Qo‘riqxonaning Do‘ana va Jiydeli bo‘limi Orol dengizi bo‘yida joylashgan bo‘lib, ushbu hudud qalin saksovulzorlar bilan qoplangan.
Faunasi: sutemizuvchilar sinfi 13 tur ( sayg‘oq, turkman quloni, turkman qoraqulog‘i, jayron, qorsak, qora (uzun) ignali tipratikan, bo‘ri, qum tovushqoni, tulki, bo‘rsiq, yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, cho‘l mushugi mavjud. Kushlar sinfi 36 tur, sudralib yuruvchilar sinfi 3 tur. Shuningdek, yovvoyi hayvonlarning 17 turi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Florasi: qo‘riqxona ho‘dudida jami 103 ta o‘simlik turi aniqlangan bo‘lib, shundan Oqtog‘ chalovi, Lola Borщova, Buze lolasi, Ikki gulli lola, Sogdiana lolasi, Kungir kumzum, Qanoti tukli baliqkuz, Qadoqsimon sutlama va Xiva shuragi kabi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlari mavjud.
Ekoturizm maskanlari: Qo‘riqxona hududida XIII-XIV–asrlarda Markaziy Osiyoni Volgabo‘yi, Yevropa va Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lidagi muhim manzilgohlardan hisoblangan Beleuli karvonsaroyi yodgorligi mavjud. Hozirgi kunda ushbu yodgarlik yonidan 5 ga yer maydon ajratilib ekoturistik maskan barpo etish ishlari boshlangan.
Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas. Qo‘riqxonaga eng yaqin aholi yashash manzilgohi 100 km.ni tashkil qiladi.
Yuridik manzil: Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Nurimbetov ko‘chasi 1-A uy
